21:49 / 17.10.2015
9206

KUN.UZ dayjesti: 17 oktabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 17 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Islom Karimov: MDH – ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi bahs va munozaralarni hal etish uchun keng imkoniyat beradigan tuzilmadir>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015 yil 15-16 oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasida bo‘ldi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi

Islom Karimov MDH Davlat rahbarlari kengashi majlislari aksariyat hollarda umumiy xarakterga ega bo‘lib qolayotganini ta'kidlab o‘tdi>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘zaro imtiyoz va preferensiyalar berish, kelishilgan va samarali tarif siyosatini yuritish, shuningdek, o‘zaro manfaatli yangi transport yo‘nalishlarini ishlab chiqish va rivojlantirish orqali transport kommunikatsiyalari va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish MDH ahamiyatini belgilaydigan eng muhim omillardan ekanini ta'kidlad

Islom Karimov: Afg‘oniston armiyasi hozircha tolibonlarga qarshilik ko‘rsatish, mamlakatda xavfsizlikni ta'minlashni to‘liq nazorat qilishga qodir emas>>>

Islom Karimov mintaqamizga bevosita daxldor bo‘lgan Afg‘onistondagi vaziyatga alohida to‘xtaldi

Toshkentdagi yarmarkada 700 ming tonna paxta sotish bo‘yicha shartnomalar imzolandi>>

15-16 oktabr kunlari Toshkent shahrida tashkil etilgan XI Xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasida 700 ming tonna O‘zbekiston paxta tolasini sotib olish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha 800 million AQSh dollaridan ziyod miqdordagi shartnomalar imzolandi

2016 yili O‘zbekiston Belarusga Ravon brendi ostida avtomobil yetkazishni yo‘lga qo‘yadi>>

2016 yildan O‘zbekiston Ravon brendi ostidagi avtomobillarni Belarus bozoriga yetkazib berishni boshlaydi

O‘zbekistonda elektron pullarga bo‘lgan talab oshib boradi>>

Yaqin yillarda O‘zbekistonda elektron to‘lov vositalariga bo‘lgan talab oshib boradi

Vadim Abramov "Lokomotiv" jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi>>

Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z lavozimidan ketdi

Dmitriy Shokin Manchester Gran-Prisida g‘olib bo‘ldi>>

16 oktabr kuni Angliyaning Manchester shahrida taekvondo VTF bo‘yicha yilning nufuzli turnirlaridan biri – Manchester Gran-Prisi boshlandi

Andijon orqali Qirg‘izistonga olib boruvchi ko‘prik ta'mirlandi>>

Guliston–Bo‘ka–Angren–Qo‘qon va Andijon orqali qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahriga olib boruvchi avtomobil yo‘lining Farg‘ona halqa yo‘li bilan tutashmasi, ya'ni Andijon xalqaro aeroporti ro‘parasidagi transport yechimi, ko‘prik ta'mirlandi

Toshkentda “Avtosanoat” AK avtomobillari uchun butlovchi qismlar lokalizatsiyasi” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi>>

27 oktabrdan 2 noyabrga qadar Toshkentda “Avtosanoat” AK avtomobillari uchun butlovchi qismlar lokalizatsiyasi” ko‘rgazmasi va konferensiyasi o‘tkaziladi

The Mirror o‘quvchilarining 31 foizi o‘zbekistonlik yigitning romantik tanlovini olqishlashdi>>

Buyuk Britaniyadagi The Mirror nashrida o‘zbekistonlik oshiq yigitning o‘z sevgilisiga dil izhori qilish uchun minglab gul sotib olgani haqida xabar nashr qilindi

Moskvada "Dosent" haykalini o‘g‘irlab ketgan shaxslar o‘zbekistonliklar ekani ma'lum bo‘ldi>>

Avvalroq marhum sovet aktyori Yevgeniy Leonovning mashhur “Omadli jyentlmenlar” kinokomediyasidagi Dosent laqabli bosh jinoyatchi obrazida ishlangan, Moskvadagi Mosfilm ko‘chasidagi haykali o‘g‘irlab ketilgani ma'lum qilingandi

Moskva viloyatida o‘zbekistonlik ayol chaqalog‘ini 70 ming rubl evaziga sotmoqchi bo‘ldi>>

Moskva yaqinidagi Dolgoprudnom shaharchasi hududida O‘zbekiston fuqaroligiga ega ayol 70 ming rubl evaziga o‘zining yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini sotishga uringanida qo‘lga olindi


Top