23:01 / 17.10.2015
6743

KUN.UZ dayjesti: 17 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 17 oktabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Moskvada tug‘ilayotgan go‘daklarning eng ommabop ismlari>>

Rossiya poytaxtida yangi tug‘ilayotgan bolalarga qaysi ism eng ko‘p qo‘yilayotgani ma'lum bo‘ldi. “Moskva FHDYosi olib borgan 9 oylik kuzatuv natijasida shu narsa ma'lum bo‘ldiki, moskvaliklar yangi tug‘ilayotgan bolalariga ism tanlashda konservativlarcha yondashishmoqda

Meksikalik milliarder haftada uch kun ishlash taklifini bildirdi>>

O‘z moddiy holatiga ko‘ra, jahonda ikkinchi o‘rinda turuvchi meksikalik milliarder Karlos Slim haftasida 32-33 soat, ya'ni uch kun ishlash haqda o‘z taklifini bildirdi

The Mirror o‘quvchilarining 31 foizi o‘zbekistonlik yigitning romantik tanlovini olqishlashdi>>

Buyuk Britaniyadagi The Mirror nashrida o‘zbekistonlik oshiq yigitning o‘z sevgilisiga dil izhori qilish uchun minglab gul sotib olgani haqida xabar nashr qilindi

Amerikalik rassom 500 mingta Lego donachalaridan “Betmobil” qurdi>>

Taniqli amerikalik rassom Natan Savayya Lego o‘yinining 500 mingta donachasidan Betmen avtomobili – “Betmobil”ning katta o‘lchamdagi nusxasini yasadi

Moldovalik fermerlar Rossiyadagi xorijiy meva-sabzavotlarga Show Must Go On kuyladilar>>

Reklamachilar Moldova va Shvetsiya hukumatining moddiy ko‘magida fermerlar ishtirokidagi rolikni yaratishdi

Moskvada aktyor Yevgeniy Leonov haykalini o‘g‘irlagan jinoyatchilar qo‘lga olindi>>

Avvalroq marhum sovet aktyori Yevgeniy Leonovning mashhur “Omadli jyentlmenlar” kinokomediyasidagi Dosent laqabli bosh jinoyatchi obrazida ishlangan, Moskvadagi Mosfilm ko‘chasidagi haykali o‘g‘irlab ketilgani ma'lum qilingandi

Britaniyaliklar eng chiroyli avtomobil o‘ylab topishdi>>

Buyuk Britaniyada mamlakat aholisi didini hisobga olib eng chiroyli va yaxshi avtomobil tasvirini yaratishdi

Kamchatkada ayiq bolasi uy ichiga kirib, ovqatlandi, chiqib ketishda esa darchaga tiqilib qoldi>>

Rossiyaning olis Kamchatkasida istiqomat qiluvchi qo‘ng‘ir ayiq bolasi bir uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, oshxonaga kirib oldi

Google’ning 30 mln kitobni skanerdan o‘tkazish loyihasi qonuniy deb topildi>>

Google’ning 30 mln kitobni skanerdan o‘tkazish loyihasi bo‘lmish Google Books muzlatib qo‘yilgan edi

Skott Kelli fazoda uzoq qolish bo‘yicha NASA astronavtlari orasida rekordchi bo‘ldi>>

Xalqaro kosmik stansiyasi ekipaji komandiri Skott Kelli fazoda uzoq qolish borasida amerikalik astronavtlar orasida rekordchi bo‘ldi

Kanada musulmonlari qashshoqlar uchun qishki kiyimlar yig‘ishmoqda>>

Qish yaqinlashayotgani munosabati bilan Kanadadagi Galifaks musulmonlari qashshoqlar uchun maxsus issiq kiyim-kechaklar yig‘ish aksiyasini boshladi

ANDROID 6.0 MARSHMALLOW yangilanmasidan LG G4 smartfonlarida foydalanish imkoni tug‘ildi>>

Yangilanmadan foydalanish imkoniyatiga Polshadagi LG smartfoni egalari birinchilardan bo‘lib ega bo‘lishadi

Yarmolenko "Shaxtyor" futbolchisi bilan libos almashgach, uni yerga tashlab yubordi>>

Kiyevning "Dinamo" jamoasi futbolchisi Andrey Yarmolenko "Shaxtyor" futbolchisi hamda o‘zining terma jamoadagi safdoshi Taras Stepankoni qattiq ranjitdi

Klopp "Liverpul" futbolchilarining rafiqalari va ma'shuqalari jamoa bazasiga kelishini taqiqladi>>

"Liverpul" jamoasining yangi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoada qat'iy tartib o‘rnatishga va yangi qoidalar joriy etishga kirishdi

Saakashvili: bojxona ta'limi – professional tamagirlar ta'limi>>

Odessa hokimi Mixail Saakashvili yordamchisi, 26 yoshli Yuliya Marushevskayaning viloyat bojxonasiga rahbar etib tayinlanganligiga munosabat bildirdi


Top