16:09 / 17.10.2015
4600

Medvedev: AQSh IShIDga qarshi kurashda hamkorlik qilishni istamayapti

Rossiya IShID guruhiga qarshi kurash maqsadida Suriyada operatsiya o‘tkazayotgan AQSh bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun ikki tomonlama delegatsiyalar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bayonot berdi.

“Bu yaqinda bo‘ldi, harbiy operatsiya boshlanishidan biroz oldinroq”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Shunga qaramay, Medvedevning ma'lum qilishicha, AQSh hamkorlik qilishdan bosh tortib kelmoqda.

 

Top