Jamiyat | 10:08 / 17.10.2015
4194
1 daqiqa o‘qiladi

Moldovalik fermerlar Rossiyadagi xorijiy meva-sabzavotlarga Show Must Go On kuyladilar

Reklamachilar Moldova va Shvetsiya hukumatining moddiy ko‘magida fermerlar ishtirokidagi rolikni yaratishdi. Ushbu klipda Rossiyaga xorij meva-sabzavot mahsulotlarining import qilinishi bilan bog‘liq masala satirik tarzda ko‘rsatilgan.

Klipda ishtirok etgan fermerlar Queen guruhining mashhur Show Must Go On qo‘shig‘ini “kuylaganlar”. Fermerlar rolikda qo‘shiq ijro etarkan, kadrda Rossiyada import meva-sabzavotning yo‘q qilinishi aks ettiriladi. Titrlarda “Moldova mevalari. Mehr bilan yetishtirilgan. Shirin” deb yoziladi.

Rolik YouTube’ga Atelierul Sergiu Prodan reklama agentligi tomonidan yuklandi. Reklama buyurtmachisi sifatida MAC-P 2012-2017 yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihasi ko‘rsatilgan. Tashabbuskor guruh sifatida esa CAPMU – Jahon banki, Global ekologik fond, Shvetsiya va Moldova hukumatlari tomonidan tuzilgan tashkilot ko‘rsatilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish