Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 18:26 / 17.10.2015
4932
1 daqiqa o‘qiladi
Moskva viloyatida o‘zbekistonlik ayol chaqalog‘ini 70 ming rubl evaziga sotmoqchi bo‘ldi
Moskva yaqinidagi Dolgoprudnom shaharchasi hududida O‘zbekiston fuqaroligiga ega ayol 70 ming rubl evaziga o‘zining yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini sotishga uringanida qo‘lga olindi.
2 oylik chaqalog‘idan voz kechgan bu 43 yoshli ayol huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
U yashayotgan uyda ayolning 3 yoshli qizi va o‘g‘li borligi aniqlangan.