Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada "Dosent" haykalini o‘g‘irlab ketgan shaxslar o‘zbekistonliklar ekani ma'lum bo‘ldi
Avvalroq marhum sovet aktyori Yevgeniy Leonovning mashhur “Omadli jyentlmenlar” kinokomediyasidagi Dosent laqabli bosh jinoyatchi obrazida ishlangan, Moskvadagi Mosfilm ko‘chasidagi haykali o‘g‘irlab ketilgani ma'lum qilingandi.
Ushbu o‘g‘irlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tezkor guruh harakati natijasida haykal rangli metall qabul qilish punktida bo‘laklarga bo‘lingan holda topildi. Bronzadan yasalgan haykal bo‘laklari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.
Ushbu jinoyat yuzasidan politsiya Moskvada 5 kishini qo‘lga olgan.
Aniqlik kiritilishicha, bu shaxslar O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lgan.
Ular qiymati 160 ming rublga baholangan haykalning bir qismini yaqin joydagi metall qabul qilish punktiga topshirib yuborishganiga iqror bo‘lishgan.
Leonovning “Omadli jyentelmenlar” kinokomediyasidagi personaj ko‘rinishidagi haykali 2001 yilda o‘rnatilgan edi.