Jahon | 21:13 / 17.10.2015
4386
1 daqiqa o‘qiladi

OAV Suriyada “Al-Qoida” yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini ma'lum qildi

“Al-Qoida” terrorchilik guruhi yetakchilaridan biri Sanafi al-Nasr Suriyaning Halab viloyatida jangarilar pozitsiyalariga berilgan aviazarbalar natijasida yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda o‘zining manbalariga iqtibos keltirgan holda Eronning Fars axborot agentligi.  

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchi “Al-Qoida”ning strategiyalar ishlab chiqishga javob bergan bo‘limini boshqargan. Al-Nasr bilan birga yana ikki nafar jangari yo‘q qilingan.

Avvalroq Suriya armiyasi Rossiya aviatsiyasi, Eron harbiylari va “Hizbulloh” jangchilari ko‘magida Halab viloyatining janubida hujumga o‘tgani ma'lum qilingan edi. Bu yerda Suriya hukumat qo‘shinlari va muxolifat guruhlari hamda “Al-Qoida”, “Jibhad an-Nusra” va IShID bilan aloqador bo‘lgan otryadlar o‘rtasida janglar davom etmoqda.    

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish