Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlarning ta'kidlashicha Keniya Koreyadan keyin MERS epidemiyasining 2-qurboniga aylanishi mumkin
Keniyada yashovchi yirtqich va uy tuyalarining yarmidan ko‘pi MERS kasalining tashuvchilari hisoblanadi. Bu yaqin orada Yaqin Sharq respirator sindromi Afrikaning sharqida avj olishi mumkin, degani anglatadi deb hisoblamoqdalar olimlar PLoS One jurnalida chop etilgan maqolada.
MERS virusining rivojlanishiga atipik pnevmoniya qo‘zg‘atuvchisining yaqin qardoshi bo‘lgan MERS-CoV sababchi deb hisoblanadi. Qoida bo‘yicha, kasallarning yarmiga yaqini ozib ketish, asoratlar yoki hamroh infeksiyalardan halok bo‘ladi. Olimlar MERS’dan himoyalovchi bir nechta eksperimental vaksinalarni yaratishdi, biroq ulardan birortasi hozircha klinik sinovlardan o‘tmagan.
Liverpul universiteti olimi Erik Fevr va uning hamkasblarining aniqlashicha, MERS avj oladigan keyingi davlat Keniya bo‘lishi mumkin. Bu davlat hududida ushbu kasallikning asosiy tashuvchisi hisoblanadigan tuyalar katta miqdorda tarqagan.
Olimlar Keniya janubiga ekspeditsiya uyushtirib bunday xulosaga keldilar. Bu yerda bir o‘rkachli tuyalarni ko‘paytiradigan fermerlar yashaydi. Bu yerdagi tuyalardan olingan 300 ga yaqin qon va so‘lak namunalari ulardan deyarli yarmi MERS virusiga antitelolar tashuvchilari ekanligini ko‘rsatdi. Bu holat tuyalar kasallikni boshidan kechirib bo‘lgani yoki u bilan hamon kasallanib yurganini anglatadi.
“Bizga bu holatning insonga qanchalik xavfli ekanini baholash qiyin, chunki biz bu virus hayvondan hayvonga va hayvondan odamga qanchalik yaxshi o‘tishini bilmaymiz. Biz Keniya aholisi tuyalardan MERS virusini yuqtirishi xatari mavjudligini rad eta olmasakda, hozirda vaziyat shunday tus olganki, hozircha birorta bunday holat bo‘lmagan”, deb aytmoqda Fevr.
Fevrning aytishicha, yaqin orada uning guruhi Keniya shimolidagi vaziyatni o‘rganadi, chunki bu yerda tuyalar ko‘paytirish bilan shug‘ullanadigan xo‘jaliklar anchagina ko‘proq va aholi zichligi ham kattaroq. Tibbiyotchilar virusning u yerda tarqalganligi ancha yuqori bo‘lishini taxmin qilishmoqda.