08:19 / 17.10.2015
5605

Ramzon Qodirov dala qo‘mondoni ash-Shishaniy yo‘q qilingani haqidagi ma'lumotlarni tasdiqlamadi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov “Ahror ash-Shom” terrorchilik guruhi yetakchisi, chechenistonlik Abu Bakr Ash-Shishaniyning yo‘q qilingani haqida tasdiqlangan ma'lumotga ega emasligini aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi ma'lum qildi. 

“Men yangiliklarda Abu Bakr ash-Shishaniy o‘ldirilganini ko‘rmoqdaman, biroq buni tasdiqlovchi ma'lumot hozircha yo‘q”, deb aytdi Qodirov.  

Qodirovning aytishicha, agar terrorchining o‘lgani haqidagi ma'lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasa ham, u yaqin orada yo‘q qilinadi. 

“U va unga o‘xshagan kimsalar yo‘q qilinadi, chunki ular hech qanday aybi yo‘q odamlarning o‘ldirilishiga, vayronagarchiliklarga, nochorlikka olib keluvchi yo‘lni tanlagan”, deb ta'kidlab o‘tdi Checheniston rahbari.

Avvalroq chechenistonlik terrorchi Abu Bakr ash-Shishaniy Rossiyaning Suriyadagi aviazarbalari natijasida yo‘q qilingani ma'lum qilingandi

Top