Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya FVV samolyotlari Suriyadan Rossiya va MDH davlatlarining 56 fuqarosini olib chiqib ketdi
Suriyaga 20 tonnadan ko‘proq insonparvarlik yordami olib borgan Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi samolyoti ortiga qaytishda Lataqiyadan jangovor harakatlar hududini tark etishni istagan Rossiya va MDH davlatlarining 56 fuqarosini olib ketdi, deb xabar berdi RIA “Novosti” axborot agentligiga vazirlik matbuot xizmati.
“FVV samolyoti yordamida Suriyani 56 kishi, jumladan 10 bola tark etdi. Ular orasida 38 nafar rossiyalik, 8 nafar belaruslik, 4 nafar ukrainalik, 2 nafar suriyalik va 4 nafar fuqarolikka ega bo‘lmaganlar bor”, deb aytdi FVV vakili.
Samolyot Lataqiyadan Moskvaga uchib ketdi va 17 oktabr erta tongda Domodedovo aeroportiga qo‘nishi kerak edi. Yo‘lovchilarga FVV tezkor guruhi va psixologlar hamrohlik qilmoqda.