Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Avtosanoat” AK avtomobillari uchun butlovchi qismlar lokalizatsiyasi” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi
27 oktabrdan 2 noyabrga qadar Toshkentda “Avtosanoat” AK avtomobillari uchun butlovchi qismlar lokalizatsiyasi” ko‘rgazmasi va konferensiyasi o‘tkaziladi. U Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjaga belgilangan.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonning tegishli ishbilarmon davralari va ishlab chiqarish korxonalarini butlovchi qismlarni lokalizatsiya qilish chora-tadbirlarining amalga oshirilishiga jalb qilishdir.
Ko‘rgazma ekspozitsiyasi professional jamoatchilikka avtomobillar uchun keng qamrovdagi butlovchi qismlar assortimentini taqdim etishi kutilmoqda.