Jahon | 14:17 / 17.10.2015
3736
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada tankerlar to‘qnashuvi oqibatida suvga neft quyilib ketdi

Mutsure oroli qirg‘oqlarida (Yamaguchi prefekturasi) ikkita tanker to‘qnashib ketdi, deb xabar beradi TASS agentligi.

Yaponiyaning “Vakomaru” (2018 t) neft tankeri va Panamaning “Salfa garland” (3498 t) kimyoviy tankerining to‘qnashuvi oqibatida neft quyilib ketdi. Qirg‘oq qorovuli qismlari dengizning zararlangan hududini o‘rab oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish