Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yurgen Klopp Angliya Premer-ligasidagi faoliyatini durang natija bilan boshladi
17 oktabrda Angliya Premer-ligasining 9-turida “Liverpul” futbol klubi nemis mutaxassisi Yurgen Klopp boshchiligidagi birinchi o‘yinda mehmonda Londonning “Tottenxem” klubi bilan uchrashdi va 0:0 hisobida durang natija qayd qildi.
Bu uchrashuv birgina sabab – Yurgen Klopp “Liverpul” bosh murabbiyi sifatida birinchi o‘yinini o‘tkazayotgani tufayli juda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ushbu durang natijadan keyin “Tottenxem” 14 ochko bilan musobaqa jadvalidan 7-o‘rinni, “Liverpul” esa 13 ochko bilan 9-o‘rinni egallamoqda.
Angliya Premer-ligasi. 9-tur
Tottenxem Xotspur (London) – Liverpul (Liverpul) – 0:0