16:15 / 17.10.2015
3464

Zarif: Eronning raketa sinovlari BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi bilan taqiqlanmagan

Eronning raketa sinovlari 2015 yil 20 iyulda BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan, Tehron va vositachilar oltiligi o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha erishilgan kelishuvni tasdiqlashga qaratilgan 2231 raqamli rezolyutsiya bilan taqiqlanmagan.

Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammal Javod Zarif germaniyalik hamkasbi Frank-Valter Shtaynmayyer bilan birgalikda bergan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“Eron o‘tkazayotgan raketa sinovlari 2231 rezolyutsyasiga mutlaqo aloqador emas, negaki bu raketalar yadroviy zaryadlarni nishonga yetkazishga mo‘ljallanmagan”, - uning so‘zlarini keltiradi IRINN kanali.

Ilgariroq Oq Uy matbuot kotibi Joshua Ernest AQSh Eron o‘tkazgan sinovlar rezolyutsiya talablarini buzishi taxmin qilinayotganini aytib o‘tgan edi.

Top