Jahon | 10:34 / 18.10.2015
3991
1 daqiqa o‘qiladi

“Al-Qoida” Suriyada qo‘mondonlaridan birining halok bo‘lganligini tasdiqladi

“Al-Qoida”ning Suriyadagi bo‘linmasi hisoblanmish “Jabhat an-Nusra” guruhi Halab shahrida yetakchilaridan biri Sanofiy an-Nasrning halok bo‘lganligini tasdiqladi. Ijtimoiy tarmoqlarda guruh tomonidan e'lon qilingan suratlardan birida uning qabri ko‘rsatilganligi aytildi.
Ilgariroq FARS agentligi an-Nasrning halok bo‘lganligi haqida axborot tarqatgan edi, ammo u endigina tasdiqlandi.
Saudiya Arabistonida tug‘ilgan jangari strategik ishlanmalar uchun javobgar “G‘alaba qo‘mitasi”ga boshchilik qilar edi. U Suriya bo‘linmasining eng nufuzli qo‘mondonlaridan biri bo‘lganligi aytilmoqda.

Taxmin bo‘yicha, terorist Sanofiy an-Nasrning qabri / Foto manba: RIA Novosti

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish