Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:44 / 18.10.2015
3236
1 daqiqa o‘qiladi
18 oktabrdan Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvi rasman kuchga kiradi
Shu yilning 14 iyul kuni Venada Eron yadroviy dasturi bo‘yicha rasmiy Tehron hamda vositachilar oltiligi o‘rtasida erishilgan kelishuv bugun, 18 oktabrdan kuchga kiradi.
Kelishuvga binoan, keng qamrovli harakat rejasining qabul qilinishi BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasining tasdiqlanishidan so‘ng 90 kun ichida qabul qilinishi lozim edi. Bugun 90-kundir.
19 oktabr kuni Venada oltilik va Eronning hujjat ijrosi bo‘yicha qo‘shma majlisi o‘tkaziladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish