Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh oktabr oyidan boshlab Yevropada raketaga qarshi mudofaa tizimini sinov amaliyotini o‘tkazadi
AQSh joriy yilning oktabr oyi oxirlarida Yevropada raketaga qarshi mudofaa tizimini amaldagi sinovini o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb ma'lum qilmoqda Military.com AQSh harbiy havo-dengiz kuchlari manbasiga asoslanib.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, sinov amaliyotida AQShning Aegis raketaga qarshi mudofaa tizimi bilan jihozlangan to‘rtta esmintsi qatnashadi.
Mashg‘ulotlarda Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Niderlandiya, Norvegiya va Fransiya qatnashadi.
Ma'lum qilinishicha, manyovr marralari ittifoqchilarning o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakati asosida aniqlashtiriladi.