Jahon | 18:48 / 18.10.2015
5446
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya mudofaa vaziri Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasini tanqid ostiga oldi

Rossiyaning Suriyada o‘tkazayotgan harbiy operatsiyasi IShIDga qarshi kurash emas, balki prezident Bashar Asadning o‘rnini saqlab qolishdir, bu esa respublikada ixtilofning yanada cho‘zilishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon bayonot berdi.

Shu bilan birga, u Rossiya bilan birgalikda siyosiy yechim qidirishga tayyorligini bayon qildi.

“Rossiyaning harakatlarni bizni IShIDga qarshi o‘z kurashimizdan chalg‘itmasligi lozim”, - xulosa qildi vazir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish