22:17 / 18.10.2015
4637

Chikagolik bolakay o‘zining uch yoshli ukasini otib qo‘ydi

Illinoys shtatining Chikago shahrida olti yoshli bolakay tasodifan o‘zining uch yoshli ukasini otib qo‘ydi. Shahar politsiyasining ma'lum qilishicha, bu voqeaga muzlatkichda o‘qlangan revolverni saqlagan bolalarning otasi aybdor.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra voqea 17 oktabr kechasi sodir bo‘lgan. Qarindoshlar boshidan yaralangan bolani shifoxonaga olibborishdi, ammo shifokorlar uning jonini saqlab qolisholmadi.

Manbaning ta'kidlanishicha, ota bolalar bemalol o‘ynab yuradigan joyda o‘qlangan sovuq qurolni saqlagani uchun, jinoiy beparvolik yuzasidan hibsga olingan.

Top