Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dovudo‘g‘li: Turkiya va Germaniya qochoqlar muammosini birga hal etadi
Muhojirlar oqimi qonuniy va tartibli bo‘lishi kerak. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashuvdan keyin aytib o‘tgan.
"Barcha xalqaro hamjamiyatlar qochoqlar masalasida bosh qotirishi kerak. Bu masalani Suriya inqirozini hal etmay bajarib bo‘lmaydi. Noqonuniy muhojirlar oqimi borasida bizning hamkorimiz Germaniya ham bosh qotirmoqda ", - dedi u. Turkiya bosh vazirining ma'lum qilishicha, 15 oktabr kuni qochoqlar masalasida Turkiya va Germaniya o‘rtasida ishchi guruh tuzilgan.
Dovudo‘g‘li “oxirgi oylarda dunyo hamjamiyati qochoqlar borasida insonparvarlik yo‘lidan bormoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan.