Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koen: AQShda uchta variant bor, lekin Suriyada Rossiya bilan hamkorlik qilgan yaxshiroq
Vladimir Putin o‘zining Suriyadagi maqsadlarini oshkor aytdi, shuningdek, AQShga manfaatli hamkorlikni taklif qildi, deb hisoblaydi amerikalik olim Stiven Koen. John Batchelor Show efirida u AQSh bundan yaxshiroq variantni topa olmasligini, shu bois Rossiya bilan hamkorlik qilish maqsadga muvofiq bo‘lishini ta'kidladi.
Koenning ta'kidlashicha, AQShning xatti-harakatlari uch ssenariy bo‘yicha borishi mumkin.
Birinchisi AQShning agressiv siyosat tarafdorlari bo‘lgan siyosatchilarining talablarini qondirib, Suriyada parvozsiz zona yaratish va bu yerga kirib qolgan Rossiya samolyotlarini urib tushirishdir. Bu guruhga senator Jon Makkeyn boshchilik qiladi.
Ikkinchi variant chekkada turib, Rossiyani kuzatish.
Nihoyat, uchinchi ssenariy Rossiyaga qo‘shilishdir. Koenning fikricha, aynan mana shu variant maqsadga muvofiqdir.