Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obamaning xitoylik qiyofadoshi bir chiqishi uchun 1.5 ming dollar haq olmoqda
AQSh prezidenti Barak Obamaga juda o‘xshaydigan aktyor Syao Tszigo o‘n daqiqalik chiqishi uchun 1.5 ming dollar gonorar oladi. Bu haqda NBC News xabar bermoqda.
29 yoshli Tszigoning ma'lum qilishicha, unga Obamaga o‘xshashligini 2008 yilda aytishgan. Ammo o‘shanda u Obamaning kimligini bilmagan.
“Bir kuni havo issiqligi uchun sochlarimni oldirdim, va hamkasblarimdan biri meni Obamaga o‘xshatdi. U Obama haqidagi yangiliklarni kuzatib borar edi”, - dedi aktyor.
Tszigo Xitoyda Chinese Dream Show iste'dodlar shousidagi ishtirokidan so‘ng tanildi.