Jahon | 12:54 / 18.10.2015
2731
1 daqiqa o‘qiladi

Odessadagi kater halokati qurbonlari soni 14 kishiga yetdi

Ukrainaning Odessa viloyatida halokatga uchragan kater qurbonlari soni 14 kishiga yetdi. Bu haqda mahalliy favqulodda xizmatlar vakillari xabar qilishdi.
Ilgariroq Zatokdagi kater avariyasi oqibatida 12 yo‘lovchi halok bo‘lgani xabar qilingan edi. Ularning tanalari ekspertizaga yo‘llangan. Uch kishining yonida pasportlari borligi uchun ularni tanish imkoni bo‘lgan. Endilikda qurbonlar soni 2 kishiga ortdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish