Sport | 19:44 / 18.10.2015
4213
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy Liga: 25-turda eng kam tomoshabin “Paxtakor” stadioniga keldi

Oliy Ligada 26-tur boshlanay deb turgan pallada PFL rasmiy sayti 25-tur uchrashuvlari qaydnomalarini omma e'tiboriga havola etd.

Unga ko‘z yugurtirarkan, kishi e'tiborini uchrashuvlarga tashrif buyurgan muxlislar soni tortadi, albatta. Ma'lum bo‘lishicha, 25-tur uchrashuvlari doirasida eng ko‘p tomoshabin “Buxoro” – “Sho‘rtan” o‘yiniga keldi. Mazkur matchni bevosita stadiondan turib 10561 tomoshabin kuzatib bordi. Qolaversa, “Dinamo” – “Bunyodkor” to‘qnashuvini 10 mingdan ziyod tomoshabin kuzatdi – 10056.

Eng kam muxlis tashrif buyurgan o‘yin sifatida esa “Paxtakor” – “So‘g‘diyona” bahsi qayd etildi. Mazkur o‘yinni tomosha qilish uchun “Paxtakor” satdioniga 982 nafar tomoshabin kelgani ma'lum bo‘ldi.

Oliy Liga, 25-tur o‘yinlariga kelgan tomoshabinlar:
«Buxoro» (Buxoro) – «Sho‘rtan» (G‘uzor) – 2:2. 10561 tomoshabin.
«Dinamo» (Samarqand) – Bunyodkor» (Toshkent) – 1:1. 10056 tomoshabin.
«Qizilqum» (Navoi) – «Mash'al» (Muborak) – 2:3. 8315 tomoshabin.
«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 2:2. 8103 tomoshabin.
«Nasaf» (Qarshi) – «Neftchi» (Farg‘ona) – 1:0. 6173 tomoshabin.
«Andijon» (Andijon) – «Metallurg» (Bekobod) – 1:0. 3311 tomoshabin.
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Navbahor» (Namangan) – 2:1. 1810 tomoshabin.
«Paxtakor» (Toshkent) – «So‘g‘diyona» (Jizzax) – 3:1. 982 tomoshabina.

Manba: Sports.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish