15:16 / 18.10.2015
7927

O‘zbekistonning rus maktablari uchun tarix darsligiga qozoq tilidagi sahifalar kirib qoldi

O‘zbekistonning rus maktablari uchun chop etilgan 9-sinf “Vsemirnaya istoriya” darsligi 33-42 sahifalarida matn qozoq tilida berilgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Facebook’dagi “Potrebitel” guruhi foydalanuvchilaridan biri xabar berdi.
Bu darsliklarning faqat bir partiyasiga xosmi, yoki butun adadda aynan shu holat kuzatilganmi, noma'lum bo‘lib qolmoqda. Internetdagi ushbu ma'lumotdan tashqari, bu borada boshqa hech qanday murojaatlar bo‘lmagan.
Ta'kidlanishicha, bunday darslikka ega bo‘lgan o‘quvchining onasi maktab ma'muriyatiga murojaat qilgan. Rahbariyat vakillari darsliklar miqdori chegaralanganligini tushuntirib, joriy yilda shu darslik bilan kifoyalanishni iltimos qilishgan.

Surat: Darakchi gazetasidan skrinshot. 42 son 15.10.2015y.

Top