Jahon | 19:34 / 18.10.2015
5022
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Suriyada “Al-Qoida” yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini tasdiqladi

Pentagonda Suriyada aviazarbalar davomida “Al-Qoida” tarkibiga kiruvchi “Xuroson” terrorchilik guruhi yetakchisi Sanafi an-Nasr yo‘q qilingani tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ma'lum qilinishicha, an-Nasr Suriyaning Halab shahri yaqinida aviazarba natijasida yo‘q qilingan. Uning majburiyatlariga Pokistondan Turkiya orqali Suriyaga yangi jangarilarni jo‘natish kirgan.

“Jibhad an-Nusra” terrorchilik guruhi terrorchining bombardimon qilingan avtomobilini va uning o‘lgani haqidagi xabarni chop etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish