18:17 / 18.10.2015
6706

Rossiya samolyotlari bir kun ichida 4 qo‘mondonlik punkti va 32 qarorgohni yo‘q qildi

Rossiya qurolli kuchlarining harbiy samolyotlari bir kun ichida Suriyadagi operatsiyalar chog‘ida 4 qo‘mondonlik punkti va 32 qarorgohni yo‘q qildi. Bu haqda Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov bayonot berdi.

Ta'kidlanishicha, hisobot davrida Rossiya samolyotlari 39 parvozni amalga oshirib, 51 obektga 60 zarba bergan.

“Zarbalar natijasida 4 qo‘mondonlik punkti; 6 o‘q-dori va qurol-yarog‘ ombori; bitta minomyotlar batareyasi; 2 yer osti bunkeri; jangarilarning 32 qarorgoh; 6 tayanch punkti yo‘q qilindi”, - dedi u.

Top