Jamiyat | 12:29 / 18.10.2015
6891
2 daqiqa o‘qiladi

Shahrisabzlik bezori bir kechada 3 kishini pichoqladi

Shahrisabz shahrida istiqomat qiluvchi, muqaddam qasddan odam o‘ldirishda ayblanib qamalib chiqqan Suhrob Boboqulov bir kechada 3 kishini pichoqladi. “Huquq” gazetasining yozishicha, jabrlanuvchilarning barchasi tirik qolgan.
Aytilishicha, shu yilning 9 iyul kuni u do‘stlari Adham, Alisher, Shokir va Jo‘rabeklar bilan Tanxoz daryosiga cho‘milishga borgan. Ularning yaqinida cho‘milayotgan Shavkat va Bekzod ismli do‘stlar ular bilan talashib qolgan. Ancha vaqt davom etgan janjal oqibatida Suhrob qo‘lidagi shishani sindirib, Shavkatning bo‘yniga sanchgan. Uning do‘stlari esa Shavkatning mashinasini toshbo‘ron qila ketgan. Bezorilar qo‘lidan bir amallab qutulgan Shavkat va Bekzod vaqtida shifoxonaga yetib borgani tufayli jabrlanuvchining hayoti saqlab qolingan.
Voqea joyini tark etgan bezorilar 9 iyuldan 10 iyulga o‘tar kechasi shahar ko‘chalarida Otabek va O‘sar ismli yigitlar bilan janjallashib qolgan. Suhrob ularning har ikkalasini pichoqlagan.
Bu qilmishlari uchun jinoyatchi 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Uning sheriklari ham turli muddatlarga qamaldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish