Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sharofiddin Lutfullayev Parijdagi dzyudo bo‘yicha yirik musobaqada bronza medalini qo‘lga kiritdi
Parij shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi yirik musobaqaning birinchi kun bellashuvlari davom etmoqda. Quvonarlisi, 17 oktabr hamyurtimiz Sharofiddin Lutfullayev (-60 kg) turnirda bronza medali bilan taqdirlandi.
Dastlab kanadalik polvonni muddatidan avval yenggan Sharofiddin chorak final ostonasida turkiyalik Bekir O‘zluni dog‘da qoldirdi. Chorak finalda esa braziliyalik Erik Takabate taslim etilgach, yarim finalda fransiyalik Vinsent Limare raqib bo‘ldi. Ushbu bellashuv ancha murosasiz o‘tdi. Buni qarama-qarshilikning "Oltin ochko"ga qadar cho‘zilganidan bilib olish qiyin emasdi. Qo‘shimcha vaqtda usulga o‘tgan Limare 43-soniyada vazari bahosini bilan birga final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Bronza medali uchun kechgan bahsda shveysariyalik Lyudovik Shammartin 31-soniyadayoq mag‘lub etildi. Ushbu vazn toifasida kechgan final jangida yaponiyalik 2013 yilgi jahon chempioni Naoxisa Takato vazari bahosi ustunligida zafar quchdi.
Afsuski, yana bir hamyurtimiz Doston Holiqulov (-66 kg) chorak final ostonasida italiyalik Elio Verdega imkoniyatni boy berib qo‘ydi.