Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sher jasadi yorilgan hayvonot bog‘i direktori: hayvonlarni ba'zan joylashtirishga joy topilmay qoladi
15 oktabrda Daniyaning Odens shahridagi hayvonot bog‘ida o‘lgan sherning jasadi omma ko‘z o‘ngida yorilgandi. Hayvonot bog‘ining direktori Nina Kristensen o‘z intervyusida bunday “ta'lim shou”larini maktab ta'tillari uchun an'anaviy tadbir deb aytdi. Uning aytishicha, hayvonot bog‘ida o‘lgan hayvonlar jasadlarini muzlatgichlardan olib, bolalar ko‘z o‘ngida ularga ishlov berish muntazam amalga oshiriladi va bu hamisha xorijlik hayvonlar himoyachilarining noroziligini keltirib chiqaradi.
“Bilasizmi bu tanqid faqatgina xorijliklardan bildiriladi. Ular juda darg‘azab holda biz haqimizda turli be'mani gaplarni gapirishadi. Bularning barchasi davlatlar o‘rtasidagi madaniy farqlanish sabablidir. Daniyada hayvonlarning ichki tomoniga qarash me'yor hisoblanadi. Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlarida bunday emas”, deb aytmoqda Kristensen.
Kristensenning aytishicha, sog‘lom hayvonlarni uxlatish orqali hayotini tugatish ularning jasadini omma oldida yorish kabi oddiy holdir. Uning aytishicha, ba'zan ular ko‘pligidan ularni joylashtirishga joy topilmay qoladi.
“Hayvonot bog‘larida haddan ziyod ko‘p hayvonlar saqlanadi va ularni ba'zan qayergadir joylashtirish kerak. Va yaxshisi ulardan ta'lim maqsadlarida foydalangan ma'qulroq. Bizda dunyoning barcha hayvonot bog‘lari bo‘yicha ma'lumotlar bazasi bor. Va agar kimdir “bizda sher o‘ldi va biz siznikini olishga tayyormiz” demasa, biz hayvonning hayotini tugatib, uning jasadini ta'lim maqsadlarida qo‘llaymiz”, deb aytmoqda Kristensen.
Eslatib o‘tamiz, 15 oktabrda Odens hayvonot bog‘ida omma oldida sherning jasadi yorilib, preparatlandi. Sher bir necha oy avval hayvonot bog‘ida sherlar ko‘payib ketgani tufayli uxlatish orqali o‘ldirilgan va jasadi muzlatib qo‘yilgan. Va ehtimol, Odens shahri hayvonot bog‘idagi bunday holat oxirgisi bo‘lmaydi, chunki hayvonot bog‘idagi muzlatgich kameralarida yana ikkita sher jasadi saqlanmoqda.