06:36 / 18.10.2015
4467

Shimoliy Koreya AQShdan yarashuv haqidagi kelishuv o‘rniga tinchlik bitimini tuzishni talab qilmoqda

Shimoliy Koreya AQShdan 1950-1953 yillarda, Koreya urushining oxirida imzolangan yarashuv haqidagi kelishuv o‘rniga tinchlik bitimini tuzishni yana talab qildi. 17 oktabrda, AQSh prezidenti Barak Obama va Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe uchrashgandan keyin chop etilgan Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri bayonotida “bunday chora Koreya yarimorolidagi keskinlikni kamaytirishga va uzoq muddatli tinchlikni ta'minlashga ko‘mak beradi”, deb ta'kidlanmoqda.   

“Ayni paytda Qurolsizlantirilgan hududdagi demarkatsion chiziq hududida yuzaga keladigan istalgan ixtilof boshqarib bo‘lmaydigan katta ko‘lamdagi harbiy harakatlarga aylanib ketishi mumkin”, deb aytilmoqda bayonotda.

Bayonotda qayd etilishicha, avvallari Koreya yarimoroli muammosini olti tomonlama muzokaralar (Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, AQSh va Yaponiya ishtirokida) doirasida tartibga solishga urinishlar “natijasiz yakunlangan va hattoki muzokaralarda erishilgan kelishuvlar ham amalga oshirilmagan”. Shimoliy Koreya bu holat uchun “Shimoliy Koreyaga dushmancha siyosatdan voz kechishni istamayotgan” AQSh javobgar ekanligini aytmoqda.

Pxenyanda Koreya yarimorolida barqaror vaziyatga erishish uchun Vashington “yarashuv kelishuvi o‘rniga tinchlik bitimini tuzigi kerak”, deb hisoblashmoqda. Bayonotda Shimoliy Koreya va AQSh “urush xavfini bartaraf etish va yadroviy qurollanish poygasiga chek qo‘yish uchun o‘zaro ishonch choralarini ko‘rishi va prinsipial kelishuvga erishishi lozim”, deb ta'kidlanmoqda.

Top