09:13 / 18.10.2015
3189

Sloveniyaga bir kunda qariyb 3 ming qochqin kirib keldi

17 oktabr kuni Sloveniyaning Xorvatiya bilan chegarasini 2.7 ming qochqin kesib o‘tdi. Bu haqda STA agentligi xabar bermoqda.
Sloveniya bosh vaziri Miroslav Tserar qochqinlar oqimiga qarshi kurashishda politsiyaga armiya yordam berishini ta'kidlagan edi. Lekin bu yordam bermagan ko‘rinadi.
16 oktabrdan 17 oktabrga o‘tar kechasi Vengriya Xorvatiya bilan chegaralarini yopib qo‘ygani bois Sloveniyaga keluvchi qochqinlar oqimi keskin oshib ketdi.

Top