Jahon | 09:07 / 18.10.2015
3680
1 daqiqa o‘qiladi

TIV: Suriyada Kuba harbiylari yo‘q

Kuba TIV Suriyada ushbu mamlakat qo‘shinlari borligi haqidagi axborotni inkor qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Bayonotda ta'kidlanishicha, OAVda tarqatilgan bunday axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Fox News telkanali kubalik harbiylar Suriyaga tashrif buyurib, bu yerda jangchilar tayyorlashga kirishib ketganini xabar qilgan edi. Oq Uy rasmiysi Josh Ernest AQSh bu axborotni tasdiqlamasligini maxsus brifingda ta'kidlagan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish