Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri: Turkiya havo hududini buzgan har qanday samolyot urib tushiriladi
Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li shuni alohida ta'kidladiki, mamlakat havo hududini noqonuniy buzgan nafaqat uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari, balki samolyotlar ham urib tushiriladi. Bu haqda Reuters ma'lum qilmoqda.
“Biz kecha uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatini urib tushirdek. Agar bu samolyot bo‘lgan taqdirda ham xuddi shu ishni qilgan bo‘lardik. Bizning qonunlarimiz ma'lum. Kimki bizning chegaramizni buzsa, biz, albatta, javob qaytaramiz”, — degan bosh vazir.
Avvalroq Turkiyaning Suriya bilan chegarasi yaqinida uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparati urib tushirilgani haqda xabar qilingan edi.