Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Inter” Etihad Airways aviakompaniyasi bilan 125 mln yevrolik homiylik shartnomasi imzolashga yaqin turibdi
“Inter” futbol jamoasi BAAning Etihad Airways aviakompaniyasi bilan homiylik shartnomasi imzolashga yaqin turibdi. Aviakompaniya Milan klubining titul homiysi bo‘ladi. Qayd etilishicha, shartnoma 5 yilga tuzilib, “Inter” umumiy hisobda 125 mln yevro oladi.
“Inter”ning hozirgi homiysi Pirelli shinalar ishlab chiqaruvchi italyan kompaniyasi klubga yiliga 12 mln yevro to‘lamoqda.
Bundan tashqari, agar bu shartnoma imzolansa, unda Italiyadagi eng katta xomiylik shartnomasi bo‘ladi. Hozirda bu borada eng katta haq oluvchi klub “Sassuolo” bo‘lib, u klub egasi bo‘lgan Mapei kompaniyasidan yiliga 22 mln yevro oladi.