Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yulduzlar jangi” mavzusida bo‘yalgan samolyot Yaponiyadan Kanadaga uchdi
Yaponiyadagi All Nippon Airways (ANA Japan) aviakompaniyasi "Yulduzlar jangi" filmidagi R2-D2 asteroidi ko‘rinishida bo‘yalgan Boeing 787-9 Dreamliner samolyotini parvozga chiqardi.
The first chapter of R2-D2™ ANA JETThis Saturday will be the first passenger flight for R2-D2™ ANA JET! From painting to its actual flight departing from The U.S., here is the whole story.→http://ana.ms/1jPkYA3
Posted by All Nippon Airways on 13 oktabrya 2015 g.
Ushbu yo‘lovchi samolyotning bo‘yalish jarayoni va parvozni amalga oshirishini o‘zida jamlagan videorolik internetga joylashtirilgan.
Bu samolyot o‘zining ilk reysini Tokiodagi Xakeda aeroportidan Kanadaning Vankuver shahriga amalga oshirgan. Bu samolyot, shuningdek, AQSh, Yevropa, Indoneziya, Xitoy va Avstraliya yo‘nalishlarida ham faoliyat yuritadi.
Shuningdek, yaponlar Boeing 777-300 va Boeing 767-300 rusumli 2ta samolyotlarini ham ushbu serial uslubida bo‘yashi bo‘yicha kelishuv imzolangan.
Ularning birinchisi qish faslida, ikkinchisi esa keyingi yilning bahorida tayyor bo‘lishi va osmonga ko‘tarilishi aytilgan.
Bu samolyotlar All Nippon Airways va Disney o‘rtasida “Star Wars” (“Yulduzlar jangi”) brendini ommalashtirish bo‘yicha tuzilgan 5 yillik shartnoma bo‘yicha bo‘yalmoqda.