Sport | 16:07 / 19.10.2015
4459
1 daqiqa o‘qiladi

Anastasiya Serdyukova badiiy gimnastika bo‘yicha Chexiyada o‘tgan Gran-Prida g‘olib bo‘ldi

Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Anastasiya Serdyukova Chexiyaning Brno shahrida bo‘lib o‘tgan Gran-pri turnirida bir yo‘la to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi.

Lenta bilan mashqlarni bajarishda Anastasiya Serdyukova 17,850 ball bilan birinchi, bulava bilan mashqlarda ikkinchi (17,350 ball), xalqa (17,550 ball) va koptok bilan (17,700 ball) bajariladigan mashqlarda esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Oldinroq, Anastasiya Serdyukova Ravila Farxutdinova va Sabina Toshkenbayeva bilan birgalikda Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan Aeon Cup 2015 klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida kumush medaliga egalik qilishgani haqida xabarlar tarqatilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish