Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va koalitsiya IShIDning Iroqdagi 17 va Suriyadagi bitta marrasiga zarba berdi
AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShID terrorchilik guruhining Iroqdagi 17 marrasiga, Suriyadagi esa bir dona marrasiga aviazarbalar berdi, deb ma'lum qilmoqda AQSh havo kuchlarining markaziy qo‘mondonligi.
Suriyadagi aviazarba natijasida uchta avtomobil yo‘q qilingan. Iroqning Falluji, Ar-Ramadiy, Sinjara va boshqa tumanlariga berilgan aviazarbalar tufayli jangarilarning ikki bunkeri, ikki qo‘mondonlik punkti, o‘nlab harbiy pozitsiyalari, shuningdek, minamyot va avtomobillari yo‘q qilingan. Jangarilardan uch kishi yarador bo‘lgani haqda xabarlar bor. Koalitsiya samolyotlari hech qanday yo‘qotishlarsiz bazaga qaytgan.