Jamiyat | 14:17 / 19.10.2015
6399
3 daqiqa o‘qiladi

Arzon velosipedida Amerika bo‘ylab sayohat qilgan baqaloq chinakam yulduzga aylandi

40 yoshli Erik Xayts o‘z hayotini o‘zgartirish va baxtli bo‘lish uchun harakat qilishga hech qachon kech bo‘lmasligini isbotlab, nafaqat AQSh, balki butun dunyoda mashhurlikka erishdi. U arzon velosiped va mustahkam irodasi evaziga mana shunday shuhratga erishdi.

Erik Xayts juda ishlarni qilib ko‘rdi – dijyey, musiqa menejyeri, telesotuvchi, pitssa tarqatuvchi va barmen. Hayotdagi ayrim muvaffaqiyatsizliklar tufayli turmush o‘rtog‘i uni tashlab ketdi, bu ham yetmaganidek, u tinimsiz sigareta chekar, vazni esa 257 kilogrammga yetib qolgan edi.

Shunda o‘zining qadrdon Danvill shahrini tashlab,o‘z nikohi va hayotini saqlab qolishga harakatini boshladi. To‘satdan Xayts Atlantikadan Tinch okeaniga qadar bo‘lgan 4830 kilometrlik masofani bosib o‘tishga qaror qildi.

2015 yilning mart oyida bor-yo‘g‘i 17 dollarga eski tog‘ velosipedini sotib oldi. Yuz metrlik masofani bosib o‘tishga bo‘lgan birinchi urinish muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so‘ng vazni ustida ishlashiga to‘g‘ri keldi. Qo‘shimcha ravishda, “Baqaloq Amerikani kesib o‘tadi” (Fat Guy Across America) blogini yuritib, uning rejasi amalga oshishi uchun internet orqali mablag‘ yig‘ishga qaratilgan kraudfanding kampaniyasini olib boradi (Hozirda 383 kishining kuchi bilan 11,447 dollar yig‘di). Nihoyat iyun oyida Erikning otasi ko‘zlarida yosh bilan o‘g‘lini velosipedga o‘tqazib, cho‘ntagiga 200 dollar pulni solib, unga oq yo‘l tiladi.

Oradan 4 oy o‘tib Xayts 30 kglik safar anjomlari bilan Nyu-Yorkka kirib keldi. Bu paytda u mashhurlikka erishib ulgurgan edi: Erikni reportyorlar va fotograflar, bir guruh odamlar qarshi olishdi.

Uning aytishicha, turmush o‘rtog‘i, 37 yoshli Enji ham ortga qaytdi. Hozirda uni Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali qariyb 30 ming kishi kuzatib bormoqda.