Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtohalokat oqibatida jahonda har yili 1,25 mln nafar kishi halok bo‘ladi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xabar berishicha, yo‘l transporti hodislari orqali har yili 1,25 mln kishi hayot bilan vidolashdi. Halok bo‘ladiganlardan uchtadan bittasi erkaklar hisobiga to‘g‘ri keladi.
JSSning ma'lum qilishicha, avariyalarning 23 foizi mototsikl haydovchi baykerlar tomonidan keltirib chiqariladi. Janubi-sharqiy Osiyo va Tinch okeanining g‘arbiy qismidagi hududlarda bu holat uchtadan bittani ko‘rsatadi. Amerika hududida bu ko‘rsatkich 2010 yildan 2013 yil oralig‘ida 15 foizdan 20 foizga oshgan.
Piyodalar va vilosiped haydovchilar ham jahondagi yo‘l transporti hodisalarining 22 foizini keltirib chiqarishadi. Shundan 4 foizi o‘lim holati bilan yakunlanadi.
Oxirgi hisob-kitoblarga ko‘ra YTH natijasida o‘lim holatining yuzaga kelishi 79 mamlakatda pasaygan, 68 mamlakatda oshgan.
Yevropada YTH natijasida sodir bo‘ladigan o‘lim holatlari juda kam qayd etiladi, Afrikada esabu ko‘rsatkich yuqori.