Jahon | 22:11 / 19.10.2015
4230
2 daqiqa o‘qiladi

Barcha ukrainaliklar 30 noyabrgacha Rossiyadagi maqomlarini tasdiqlashlari kerakligi belgilab qo‘yildi

Rossiyaga Ukrainaning janubi-sharqidan shoshilinch tarzda kelganlardan boshqa barcha ukrain fuqarolari 30 nobyargacha Rossiya Federal migratsiya xizmati bo‘limlariga murojaat qilib, Rossiyadagi maqomlarini tasdiqlashlari kerak bo‘ladi, deb aytilmoqda Rossiya Federal migratsiya xizmati (FMX) matbuot xizmatida.

Federal migratsiya xizmatida gumanitar nuqtai nazardan Ukrainaning barcha toifadagi fuqarolariga Rossiyada vaqtinchalik qolish muddati bir necha bor uzaytirib berilgandi. Oxirgi uzaytirish muddati 31 oktabrda tugaydi.

Rossiyaga shoshilinch kelgan ukrainaliklar uchun Rossiya hududida qolish tartibi avvalgidek qoladi.

Rossiya FMX rahbari o‘rinbosari Vadim Yakovenko xizmatning barcha hududiy bo‘limlariga ukrainalik fuqarolarga maksimal ko‘mak ko‘rsatish va e'tibor berish vazifasi topshirildi.

Xizmatda ta'kidlanishicha, ayni paytda Rossiyada 2,6 mlnga yaqin ukrainalik fuqaro bor bo‘lib, ulardan 1 mlndan ko‘prog‘i mamlakatning jangovor harakatlar olib borilayotgan janubi-sharqidan kelgan.

2014 yilda Rossiya Federal migratsiya xizmatiga 404 ming nafar kishi vaqtinchalik boshpana yoki qochqin maqomini berish, 265 ming kishi esa vaqtinchalik yashashga ruxsat berish iltimosi bilan murojaat qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish