Jahon | 07:58 / 19.10.2015
3039
1 daqiqa o‘qiladi

Bogotada novvoyxona va uylar ustiga xususiy samolyot qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida kichik samolyot qulab tushib, 3ta uy va novvoyxonaga zarar yetkazdi.

Assoshieyted Press nashrining ma'lum qilishicha, samolyot qulagach, yong‘in boshlangan.

Samolyotdagi uchuvchi va yo‘lovchi, shuningdek, yerdagilarning biri halok bo‘lgan. 7 kishi kuyish jarohatlarini olgan holda shifoxonaga yetkazilgan, ulardan birining ahvoli og‘ir ekani aytilgan.

Aniqlanishicha, bu samolyot Eldorado aeroportidan havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib, qulagan.

Qayd etish kerakki, bu Kolumbiyada keyingi oy ichida uchinchi marta samolyot qulashi bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish