09:53 / 19.10.2015
3645

Eron S-300 negizida o‘zining havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini yaratishini e'lon qildi

Eron hukumati 2017 yil boshida havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini yoyishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

Eron generali Farzod Ismoiliyning aytishicha, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi Rossiyaning S-300 zenit-raketa majmuasi analogi hisoblanadigan Bavar 373 majmualari negizida yaratiladi.

Tizimdan 2017 yilning martidan foydalanila boshlanadi.

Avvalroq Eron Rossiya, Xitoy va Hindistonni NATOning havo hujumiga qarshi mudofaa borasidagi rejalariga qarshi turishga chaqirgandi. Bu haqda Eron mudofaa vaziri Ahmad Vohidiy Moskvaga tashrifi paytida aytib o‘tgan.

Top