18:36 / 19.10.2015
4768

Faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun soliq xizmati organi rahbarlaridan 39 nafariga nisbatan jazo choralari qo‘llanildi

Davlat soliq qo‘mitasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari rahbarlari ishtirokida Hay'atning kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning III choragida amalga oshirilgan ishlar Navoiy, Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatlari misolida tanqidiy muhokama qilindi, deb xabar beradi qo‘mitaning axborot xizmati.

Muhokamalar so‘nggida faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun markaziy apparat tarkibiy tuzilmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbarlaridan 2 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi va 39 nafariga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari belgilandi.

Top