Jahon | 20:49 / 19.10.2015
5955
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya harbiy samolyoti Rossiya parlamenti delegatsiyasi ketayotgan laynerga xavf solib uchdi

Fransiya Harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyot Rossiya parlamenti vakillari joylashgan samolyotga yaqinlashib, o‘ta xavfli masofadan uchib o‘tdi. Bu haqda Rossiya TIV saytida xabar berilgan.

Shu munosabat bilan Fransiyaning Moskvadagi elchisi Jan-Moris Riper izoh so‘ralib, Rossiya TIV binosiga chaqirilgan.

"19 oktabr kuni Fransiya respublikasining Moskvadagi elchisi Jan-Moris Riper Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari A.Yu.Meshkov tomonidan shu kun tongida fransuzlar samolyoti rossiyaliklar delegatsiyasi samolyotiga xavfli darajada yaqinlashgani yuzasidan so‘roq berishi uchun chaqirildi", deyiladi xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish