12:49 / 19.10.2015
3496

Germaniya: Turkiya qochqinlarni o‘zida olib qolishi evaziga YeIga a'zo bo‘lish jarayonini tezlashtiradi

"Muhojirlarning aksar qismi Turkiyadan qayiqlar orqali YeI hududiga o‘tmoqda", deyiladi Pervyy kanal SNG xabarida.

Istanbul shahrida Germaniya kansleri Angela Merkel va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ishtirokidagi uchrashuvda qochqinlar oqimi masalasi muhokama qilingan.

Uchrashuv vaqtida Angela Merkel Germaniya tomonidan Turkiyaga qochqinlarni o‘z hududiga joylashtirishi uchun moliyaviy yordam berilishini ma'lum qilgan.

Aynan qancha mablag‘ berilishiga aniqlik kiritilmagan.

Shuningdek, Merkel xonim Turkiya qochqinlarni o‘zida olib qolishi evaziga YeI a'zoligiga erishish yo‘lida olg‘a siljishini aytib o‘tgan.

U YeI va Turkiya o‘rtasidagi ziddiyatli masalalar muhokama qilinishi boshlanishiga va'da bergan.

Top