12:53 / 19.10.2015
6611

GGG’ning zafarli yo‘li (foto)

Qarag‘andalik 33 yoshli bokschi Gennadiy Golovkin professional boksga 2006 yilda kelgan. Xalqaro sport arenalarida esa Budapeshtda 2000 yilda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashishi bilan paydo bo‘lgan. 17 oktabr kuni GGG o‘zining 34 g‘alabasini kanadalik David Leme ustidan erishdi.

Golovkin David Lame ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng. Foto: vk.com

Qozog‘istonlikning professional karerasi 72 kg. vazn toifasidan boshlangan. O‘shanda u sakkiz jang o‘tgazgan va barchasida muddatidan oldin zafar quchgan.

Golovkin 2007 yilda frantsyailik Mexdi Boudl ustidan sakkizinchi raundayoq g‘alaba qozondi.

2008 yil qarag‘andalik bokschi uchun omadli keldi – u amerikalik Yan Gardner va germaniyalik Malik Ziarrlardan ringda ustun keldi.

Keyingi yilda u WBO interkontinental chempioni, braziliyalik Jona Anderson Karvaloni ikkinchi raundayoq nokoutga uchratdi. So‘ngra “yengib bo‘lmas” rosiyalik bokschi Mixail Makarov ustidan ham zafar quchdi.

Golovkin Milton Nunes bilan birga. Foto: boxnews.com.ua

2010 yilning avgus oyida kolumbiyalik Milton Nunes bilan 72 kg. vazn toifasida ringga ko‘tarildi. Golovkin raqibini birinchi raunddayoq mag‘lubiyatga uchratdi.

Keyingi jang 2010 yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tdi. Golovkin panamalik Nilson Xulio Tapia bilan uchrashdi va uni uchinchi raundayoq nokout holatiga tushirdi va WBA yo‘nalishining mutlaq chempioniga aylandi.

Nilson Xulio Tapia va Gennadiy Golovkin. Foto: b0xing.ru

2011 yilda Golovkinga o‘z titulini ikki bor himoya etishga to‘g‘ri keldi: Kassim Ouma va Laxaun Saymonlarni nokoutga uchratdi. Saymon bilan bo‘lgan jangda u IBO yo‘nalishida vakant chempionligini ham qo‘lga kiritdi.

2012 yilda uchinchi bor o‘z titulini himoya qildi, bu yo‘lda yaponiyalik bokschi Makotto Fuchigamini nakautga uchratdi.

2012 yilning 1 sentabrida Golovkin va polshalik Gjyegoj Proksoy o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi va qarag‘andalik o‘z raqibini 5 raundayoq mag‘lubiyatga uchratdi.

2013 yilning 19 yanvarida Madison Square Garden arenasida Golovkin kelibchiqishi Puyerto-rikolik bo‘lgan amerikalik Gabriel Rosado bilan ringa ko‘tarildi. Gennadiy raqibi ustidan texnik nakout qayd etib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

2013 yilning 30 martida Monakodabo‘libo‘tgan jangda qozog‘istonlik yaponiyalik bokschi Nobuxiro Isida bilan to‘qnash keldi. Va uchinchi raunddayoq raqibini nakaut holatiga tushirdi.

Navbatdagi jang 2013 yilning 29 iyun kuni AQshda bo‘lib o‘tdi. U raqibi britaniyalik bokschi Mettyu Makklin ustidan uchinchi raunddayoq, nakaut holati bilan zafar quchdi.

Amerikalik Kyortis Stivens GGG ning navbatdagi raqibi bo‘ldi. 2013 yilning 2 noyabrida bo‘lib o‘tgan jangda qozog‘istonlikning qo‘li baland keldi.

Osuman Adama. Foto: vesti.kz

2014 yilning 1 fevralida Monte-Karloda bo‘lib o‘tgan jangda Golovkin ganalik Osuman Adam bilan ro‘baro‘ keldi. U jahon chempioni unvonini himoya qilar ekan Adamning karerasidagi birinchi mag‘lubiyatni yozib qo‘ydi.

2014 yilning 26 iyulida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Gennadiy avstraliyalik sobiq jahon chempioni Deniel Gil bilan to‘qnashdi. Uchinchi raunddayoq Gil qozog‘istonlik bilan jangni davom ettirmaligini e'lon qildi.

2014 yilning 18 oktabrida AQShning Karson shaharchasida Golovkin WBC yo‘nalishida vaqtinchalik chempion meksikalik Marko Antonio Rubioni ikkinchi raunddayoq nakoutga tushirdi.

Martin Myurrey. Foto: boxing911.ru

2015 yilning 21 fevralida Monte-Karloda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin va angliyalik Martin Myurriy o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuv Golovkin karerasidagi eng uzoq vaqt davom etgan jang bo‘ldi. U raqibi ustidan 11 raundda zafar quchdi. Shundan so‘ng u WBA yo‘nalishida jahon chempioni unvonini 13 bor sharafli himoya qildi va 2014 yil okyatbr oyida qo‘lga kiritgan WBC yo‘nalishidagi unvonini ham ilk bor himoya qildi.

2015 yilning 16 may kuni u amerikalik bokschi kichik Villi Monroni 6 raunddayoq texnik mag‘lubiyatga uchratdi. Bu uchrashuv Gennadiy uchun 20-si edi va u bularning barida nokaut holatini qayd etgandi.

David Leme. Foto: sportsblog.com

2015 yilning 10 oktabrida Gennadiyning 21- jangi ham raqibini nokout etish bilan nihoyalandi. U kanadalik charm qo‘lqop ustasini 8 raundda nakaut holatiga tushirdi va o‘rta vazn toifasida Xalqaro boks federatsiyasining (IBF) jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.

Top