Jahon | 21:05 / 19.10.2015
5003
1 daqiqa o‘qiladi

Gollivudlik rejissyor Stiven Spilbergning hamkasbi o‘g‘li “Jabhad an-Nusra” jangarisiga aylandi

Gollivudlik mashhur rejissyor Stiven Spilbergning hamkasbi, 59 yoshli Patrik Kinnining o‘g‘li “Al-Qoida”ning Suriyadagi bo‘limi hisoblangan “Jabhad an-Nusra” terrorchilik guruhi jangarisiga aylandi. Bu haqda The Daily Mail nashri ma'lum qildi.

26 yoshli Lukas Kinni ismli bu kimsa Abu Basir al-Britaniy taxallusi bilan jihodga qo‘shilishga chorlovchi ikkita videoda suratga tushdi.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, jangari katolik maktabida ta'lim olgan va 13 yoshida ruhoniy bo‘lmoqchi bo‘lgan. Uning otasi Spilberg bilan bir qator blokbaster, jumladan “Indiana Jons va oxirgi xoch yurishi” filmining suratga olish ishlarida birga ishlagan.

Jangarining onasi Debora Fipps The Daily Mail nashriga uning o‘g‘li aviazarbalar natijasida yoki xudkushlik oqibatida o‘lib ketishidan xavotirda ekanligini aytgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish