Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Afrikadagi BMW zavodi go‘ngdan quvvat oladi
BMW kompaniyasining Janubiy Afrikadagi bo‘linmasi mashinalar uchun talab etiladigan quvvatning bir qismini sigirlar go‘ngini qayta olishdan olinadigan energiyadan olishni boshlaydi. Bu haqda Bloomberg xabar qildi.
Nemis avtoishlab chiqaruvchisi mahalliy Bio2Watt kompaniyasi bilan 10 yillik shartnoma tuzdi. Unga ko‘ra, zavoddan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan biogaz fabrikasidan 4,4 megavatt elektr energiyasi sotib olinadi. Natijada Bio2Watt BMW kompaniyasi sarflaydigan energiyaning 25-30 foizini qoplaydi.
Pretoriya shimoli-g‘arbidagi pasttekisliklarida 30 ming bosh yirik shoxli chorva mollari boqiladi. Fabrikada kuniga 160 tonna chorva go‘ngi qayta ishlanadi. Elektr energiyasi esa chorva go‘ngi va boshqa organik chiqindilar qayta ishlanishi natijasida olinadi.
Janubiy Afrikadagi BMW 1973 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, u Germaniya avtoishlab chiqaruvchisining xorijdagi ilk zavodi hisoblanadi. Ayni paytda bu yerda har yili 60 ming dona 3-Series sedanlari ishlab chiqariladi.