Jahon | 21:00 / 19.10.2015
2857
2 daqiqa o‘qiladi

Jon Kerri va Ispaniya bosh vaziri Suriya, Iroq, Ukrainadagi vaziyat va qochqinlar muammosini muhokama qilishdi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Madridga tashrifi davomida Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy bilan Suriya, Iroq, Ukrainadagi vaziyat va Yevropadagi qochqinlar muammosini muhokama qildi, deb xabar berdi AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi.

Xususan, Suriyadagi vaziyat va IShIDga qarshi kurash muhokama qilindi. Kerri Ispaniyaga Iroqda politsiyachilarni tayyorlashdagi yordami va “Yevropada o‘sib borayotgan muhojirlar inqirozidagi qo‘llab-quvvatlashi” uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Kerri va Raxoy Ukraina borasida Minsk kelishuvlarining to‘liq bajaralishi kerakligini, hozirda tayyorlanayotgan Transatlantik sheriklik savdo kelishuvini muhokama qilishdi”, deb qo‘shimchi qildi Kirbi.

Bundan tashqari, muzokaralarda 1966 yilda bortida termoyadro quroli bo‘lgan AQShning B-52 bombardimonchi samolyoti falokatga uchrashi haqidagi masala ko‘tarildi.
Falokat oqibatida Ispaniyaning Palomares shahri yaqinidagi hudud plutoniy bilan zararlangan edi. Kerri AQSh “kelgusida ham ushbu falokat oqibatlarini bartaraf etishda yordam berishga tayyorligini” ma'lum qildi va bu haqda tegishli memorandum imzolandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish